Publication Details
Abstract
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya va lizing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya‘ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog’liq. Bizga ma‘lumki, mamlakatdagi investitsion jarayonlar investitsion siyosat orqali amalga oshiriladi va tartibga solinadi. Investitsion siyosat mamlakatning investitsion salohiyatini oshirishga hamda investitsiya va lizing faoliyatini kengayishiga yordam beradi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq investitsiya va lizing asoslarini yaratishga, investitsiya faoliyatini rivojlantirishga katta e‘tibor berildi.