Abstract
Ushbu maqolada chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan bojxona qoidabuzarliklarida olib qoʻyilgan noqonuniy tovarlar hamda ularning qiymati tahlil qilingan boʻlib, tahlil qilish jarayoni ekonometrik tahlil dasturi Stata dasturida amalga oshirildi. Ikki oʻzgaruvchi oʻrtasidagi juft korrelyatsiya tahlili, regression tahlil, Shapiro-Wilk testi, Cronbach alfa testi, Breusch-Pagan / Kuk-Vaysbergning heteroskedastiklik testi yordamida noqonuniy tovarlar soni va noqonuniy tovarlar qiymati oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni ekonometrik modellashtirgan holda tadqiq etildi. Tahlil natijalariga koʻra chegara bojxona postlarida noqonuniy tovarlar aylanuvini oldini olish borasida ilmiy tadqiqotga asoslangan tavsiyalar berildi.