Abstract
Tibbiyotning yuqori darajada rivojlanganligiga qaramay, aholi oʻrtasida yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarning koʻpayishi achinarli albatta. Bunga sabab bo‘layotgan asosiy omillar qatorida ichimlik suvining tutgan o’rni katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Aytish joizki, ayrim rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ichimlik suviga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Fuqarolarimizni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud suv resurslarini sanitariya-gigiyena nazoratidan muntazam ravishda o‘tkazish aholi o‘rtasida mavjud kasalliklarning kamayishiga, qator kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.