Abstract
O‘zbek xoni Muhammad Shayboniyxon huzurida boshqa islom hukmdorlari qoshida o‘tkazilgani kabi ulamolar ishtirokida diniy majlislar – ilmiy bahsu-munozaralar tashkil etilgan. Fazlulloh ibn Ro‘zbehon Isfahoniyning “Mehmonnomayi Buxoro” asarida hukmdor va olim Shayboniyxon huzuridagi ana shunday yig‘ilishlar qalam olingan.
Muhammad Shayboniyxonning o‘zi ham o‘zbek tilida o‘tkazilgan munozaralarda bahsga kirishgan. Mazkur yig‘ilishlarda o‘z davrining mutafakkirlari, fozillari va ulamolari ishtirok etgan.
Keywords
Islom olimi
tariqat peshvosi
bahsu munozara
diniy majlislar
yig‘in ahli