Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ma’naviy-ma’rifiy muhit yaratishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Talabalarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, ularning ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirish va ijtimoiy faolligini oshirish bugungi globallashuv davrida dolzarb masalalardan biridir. Sog‘lom turmush tarzi bilan uyg‘un ma’naviy-ma’rifiy muhit yaratilishi talabalarning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishiga, ularning ijodiy tafakkuri va ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol usullar hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.