Abstract
Muhandislik ta’limida dual yondashuvning didaktik imkoniyatlari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligida ta’lim jarayonini tashkil etish orqali bo‘lajak muhandislarning kasbiy va tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlari yoritilgan. Dual ta’lim modeli nafaqat nazariy bilimlarni, balki ularni amaliy muhitda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Maqolada ta’lim jarayonini optimallashtirish, o‘qitish samaradorligini oshirish hamda talabalarda mustaqil fikrlash, innovatsion yechim topish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan didaktik tamoyillar asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, dual yondashuv talabalarning o‘quv faoliyatida faolligini, muhandislik tafakkurini hamda tadqiqotchilik salohiyatini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, maqolada dual ta’lim tamoyillarini muhandislik fanlarini o‘qitish jarayoniga integratsiyalashning nazariy-metodik asoslari, xorijiy tajriba tahlili va milliy ta’lim tizimida qo‘llash istiqbollari ham yoritilgan.