Abstract
Ushbu maqolada uy sharoitida keng tarqalgan “Polaris PFD 0605D” modeli sun'iy quritgichdan foydalanib olma (Red Delishes.) mevasini quritish texnologiyasining samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – “Polaris PFD 0605D” quritgichida olma mevasini quritishning optimal sharoitlarini (harorat, bo’lak hajmi, quritish vaqti) aniqlash, quritilgan mahsulotning sifat ko'rsatkichlarini (rang, ta'm, tuzilish, S vitamini va boshqa oziqaviy moddalar saqlanishi) baholash hamda ushbu texnologiyaning energiya samaradorligini baholashdir. Tadqiqotda ushbu modelning o'ziga xos xususiyatlari (5 ta poddon, 300 W quvvat, 35-70°C harorat oralig'i, 8 ta harorat rejimi, elektron boshqaruv) hisobga olingan holda, olma bo'laklarining turli o'lchamlari va quritish haroratlarining ta'siri o'rganilgan. Natijalar asosida “Polaris PFD 0605D” quritgichida olma mevasini quritish bo'yicha eng maqbul texnologik parametrlar aniqlanib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.