Publication Details
Issue: Vol 69, No (2026)
ISSN: 2544-980X
Visit Journal Website

Abstract

Revmatoid artrit — biriktiruvchi to‘qimaning surunkali, tizimli yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, bo‘g‘imlarning bosqichma-bosqich zararlanishi, funksional buzilishlarning rivojlanishi hamda bemorlar hayot sifatining pasayishi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy davolash usullarida erishilgan muhim yutuqlarga qaramay, ushbu kasallik erta nogironlikka olib kelishi, asoratlarning yuqori uchrashi va uzoq muddatli dinamik kuzatuv zarurati bilan bog‘liq holda hanuz dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammo bo‘lib qolmoqda. Terapevt shifokor amaliyotida revmatoid artritni erta bosqichda aniqlash, yallig‘lanish jarayonining faolligini baholash va olib borilayotgan davolash samaradorligini muntazam nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Klinik va laborator tekshiruvlar bilan bir qatorda, instrumental vizualizatsiya usullari bo‘g‘imlarda subklinik yallig‘lanish va strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlashda muhim yordamchi rol o‘ynaydi. Xususan, ultratovush tekshiruvi sinovit mavjudligini, bo‘g‘im bo‘shlig‘ида suyuqlik to‘planishini, sinovial qavat giperplaziyasini, shuningdek, standart klinik ko‘rik davomida har doim ham aniqlanavermaydigan erta eroziya o‘zgarishlarini ob’ektiv baholash imkonini beradi.
Ushbu sharhda revmatoid artritda bo‘g‘im sindromini baholashga oid zamonaviy yondashuvlar terapevtik amaliyot nuqtayi nazaridan tizimlashtirilgan. Kasallik faolligini va uning kechish prognozini baholashda ultratovush tekshiruvining qo‘shimcha usul sifatidagi imkoniyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, dopplerografik metodlarning yallig‘lanish faolligini aniqlash va revmatoid artritga qarshi olib borilayotgan terapiya samaradorligini nazorat qilishdagi o‘rni alohida ta’kidlangan. Klinik va instrumental usullarni birgalikda qo‘llash bemorlarni olib borish taktikasini optimallashtirishga hamda kasallikning uzoq muddatli natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Keywords
revmatoid artrit bo‘g‘imlarning yallig‘lanish kasalliklari kasallik faolligi terapevtik yondashuv ultratovush tekshiruvi dopplerografiya davolashni monitoring qilish