Abstract
Qushlarning immun tizimi organlarining yoshi va individual xususiyatlarini o‘rganish zamonaviy morfologiyaning dolzarb muammosidir, chunki bu ularning rivojlanishidagi paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini olish, immunitet holatining buzilishi, shuningdek, oldini olish va davolash usullarini aniqlash imkonini beradi. Bedanalarning immun tizimi organlarining morfofunksional va adaptiv xususiyatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish ulardan mahsuldorlik sifatiga ta’sir ko‘rsatishning zamonaviy samarali usullarini ishlab chiqishda foydalanish imkonini beradi va shu orqali tuxum mahsuldorligini oshiradi.
Keywords
immun tizim
bedana
transplantatsiya
qizilo‘ngach
ko‘richak
immunitet