Abstract
Mazkur ishda o‘zbek nasriy asarlarida nabotot (o‘simliklar) terminlarining badiiy ifodalanishi, ularning obraz sifatida qo‘llanish xususiyatlari hamda ramziy-falsafiy ma’nodagi vazifalari tahlil etiladi. Asosan XX asr va zamonaviy o‘zbek nasrida o‘simliklarga berilgan estetik, axloqiy va ruhiy ma’nolar ochib beriladi. Nabotot obrazlari xalqona timsollar, tabiat va inson munosabatlari hamda milliy tafakkur shakllanishi nuqtayi nazaridan baholanadi. O‘simliklar orqali yaratilgan obrazlarning funksional yuklamasi – tabiat manzarasini chizish, ruhiy kechinmalarni ifodalash, sotsial voqelikni anglash kabi badiiy komponentlar asosida tahlil qilinadi. Asarda Alisher Navoiy, Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov, Abdulla Oripov, kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari tahlil markazida bo‘ladi.