Publication Details
Abstract
Maqolada turar-joy binolarining tipologiyasi, tarixi, ularning umumiy muammolari, uy-joy qurish masalalari, uy-joylarning turlari (klassifikatsiyasi), xonadon va uning tarkibi hamda funksional-texnologik bog‘liqligi yoritilgan bo‘lib, bunda jamiyat taraqiyoti, iqlim sharoiti, aholining demografiyasi, funksional joylashish vazifasi, yechimi, tashqi ko‘rinishiga ta’siri ko‘rsatilgan. Maqolada turar-joy binolari ko’rinishlari va qulayliklari Xiva Farg’ona, Buxoro va Samarqand misolida ko’rib chiqiladi. Xalqning urf-odatlari ham xonadon tarkibiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zbek xalqining eng asosiy urf-odatlaridan biri bu ochiq havoda ko‘proq vaqtni o‘tkazishdir. Bu odat mamlakatimizning tabiati, iqlim-sharoitidan kelib chiqqan bo‘lib, bu narsa xonadon tarkibiga ochiq yozgi xonalar, ayvonlar va supalarni kiritishni taqozo etadi. Bu yerda aholi mehmon kutadi, dam oladi va uxlaydi.