Abstract
Ushbu maqolada Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkistonda amalda bo’lhan yer-suv va mulkchilik munosabatlari, o’lkaga ruslarni ko'chirish, o'lkani ruslashtirish siyosati va uni amalga oshirish jarayonlari to'g'risida so'z boradi. 1886-yilda joriy qilingan Nizomga ko'ra Turkistonga kelib o'rnashgan har bir rus millatiga mansub fuqaroga 10 desyatinadan kam bo'lmagan yer va boshqa imtiyozlar berilganligi, yer va suvdan foydalanishda rus millatiga ustuvorlikka ega bo’lganligi sababli mahalliy dehqonlar hamda rus dehqonlari o'rtasida bir necha marta to'qnashuv va janjallar yuzaga chiqqanligi maqolada qayd etib o’tilgan.