Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish jamiyatning barqarorligi va rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, xavfsizlik madaniyatini shakllantirish bosqichlari – dastlabki tahlil va rejalashtirish, normativ hujjatlar ishlab chiqish, o‘qitish dasturlari, monitoring va nazorat tizimlarini joriy etish, tahlil va takomillashtirish – batafsil tahlil qilingan. Xavfsizlik madaniyatini shakllantirish orqali insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, tashkilot va korxonalarning samaradorligini oshirish mumkinligi xulosa qilingan.