Publication Details
Abstract
O’t-tosh kasalligi alomatlari toshlarning joylashishiga va ularning kattaligiga qarab o’zini namoyon qiladi. Yallig’lanish jarayonlarining jiddiyligiga va funktsional kasalliklarning mavjudligiga qarab, kasallikning belgilari va kechishi o’zgaradi. Xolelitiazda xarakterli og’riq sindromi - o’t yoki jigar kolikasi bo’lib, to’satdan paydo bo’ladigan, o’ng tomon qovurg’a ostida lokalizatsiyalanadigan, kesuvchi, sanchuvchi tabiatli og’riq bilan tavsiflanadi. Bir necha soat o’tgach, og’riq batamom o’t pufagining proektsiyasi qismida konsentratsiyalanadi. Orqa, o’ng kurak ostiga, bo’yinga, o’ng yelkaga irradiatsiyalanishi mumkin. Ba’zan yurakka irradiatsiyasi stenokardiyaga olib kelishi mumkin. Og’riq odatda achchiq, ziravorli, qovurilgan, yog’li oziq-ovqatlar, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, stress, og’ir jismoniy mashqlar, egilgan holda uzoq muddatli ishni bajarishdan keyin paydo bo’ladi. Og’riq sindromi rivojlanishining sabablari- devorlarining konkrement tomonidan qo’zg’atilishiga reflektor javob natijasida o’t pufagi va kanallari mushaklarining spazmi va obturatsiya bo’lganida, pufakning safroning ortib ketishi natijasida cho’zilishidir. O’t kanalining to’silishida global xolestaz: jigarning safro yo’llari kengayadi, a’zoning o’lchami kattalashadi, bu cho’zilgan kapsulaning og’riq reaktsiyasi bilan javob qaytaradi. Bunday og’riq doimo o’tmas tabiatli bo’lib, ko’pincha o’ng qovurg’a ostida og’irlik hissi bilan birga kechadi.