Publication Details
Issue: Vol 13, No (2025)
Visit Journal Website

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tizimida agroservis xizmatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari va ularni innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mavjud agroservis infratuzilmasining holati, texnik va texnologik ta’minot darajasi, xizmatlar spektri va foydalanuvchilarning ehtiyojlari o‘rganildi. So‘rovnomalar, ekspert baholari hamda statistik ma’lumotlar asosida xizmatlar sifati va raqamli texnologiyalarni joriy etish holati tahlil qilindi. Maqolada xorijiy tajriba asosida agroservis xizmatlarida sun’iy intellekt, IoT, GPS, dronlar va raqamli platformalar kabi innovatsion vositalarni joriy etishning iqtisodiy va tashkiliy afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, xizmatlar tizimini modernizatsiya qilish uchun davlat siyosatining roli, moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, hamda hududiy ehtiyojlarni inobatga olgan diversifikatsiya strategiyalari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari agroservis xizmatlarini zamonaviylashtirish orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlarini namoyon etdi.

Keywords
agroservis xizmatlari innovatsion texnologiyalar qishloq xo‘jaligi raqamli platforma sun’iy intellekt xizmatlar sifati fermer xo‘jaligi texnik ta’minot IoT GPS servis infratuzilmasi