Publication Details
Abstract
Ushbu maqola meva po‘choqlaridan olingan adsorbentlarning atrof-muhit va inson salomatligiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda o‘rik, shaftoli, bodom va yong‘oq po‘choqlaridan adsorbentlar ishlab chiqarish jarayoni va ularning fizik-kimyoviy xossalari tahlil qilindi. Meva po‘choqlarini turli haroratlardagi (250°C dan 450°C gacha) pechlarda kuydirish orqali adsorbentlar olinib, ularning muhit pH’si, hajmiy og‘irligi, umumiy g‘ovaklik darajasi va azot oksidlarini yutish qobiliyati o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bodom po‘choqlaridan olingan adsorbentlarning benzin va azot oksidlarini yutish qobiliyati eng yuqori bo’lib, bu ularni ekologik xavfli gazlarni adsorbsiyalashda samarali material sifatida tavsiflaydi. Tadqiqotlar shuningdek, meva po‘choqlaridan olingan adsorbentlarning motor yoqilg’ilaridan va asfaltobetonni ekspluatatsiya qilish jarayonida hosil bo‘ladigan zaharli gazlarni kamaytirishda foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.