Publication Details
Issue: Vol 21, No (2026)
Visit Journal Website

Abstract

Mazkur tezis burgʻulash jarayonlarida qoʻllaniladigan eritmalarning texnologik ahamiyati va ularning quduq burgʻulash samaradorligiga ta’sirini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda burgʻulash eritmalarining asosiy funksiyalari, jumladan, qatlam bosimini muvozanatlash, burgʻulash asboblarini sovitish va moylash, burgʻulangan jinslarni quduq tubidan olib chiqish hamda quduq devorlarining barqarorligini ta’minlash masalalari koʻrib chiqilgan. Eritmalar tarkibi va ularning reologik hamda filtratsion xossalarining geologik-texnologik sharoitlarga bogʻliqligi asoslab berilgan. Shuningdek, burgʻulash jarayonida uchraydigan asosiy muammolar va ularni kamaytirish yoʻllari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Olingan tahliliy xulosalar burgʻulash eritmalarini tanlash va ularning xossalarini optimallashtirish orqali burgʻulash ishlarining texnik-iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Keywords
Burg‘ulash eritmalari Quduq Reologik xossalar Gidrostatik bosim Filtratsiya Barqarorlik