Publication Details
Issue: Vol 21, No (2026)
Visit Journal Website

Abstract

Ushbu maqolada Scutellaria adenostegia L. o‘simligidan ajratib olingan suvda eruvchi uglevodlar yig‘indisining o‘tkir alkogolli intoksikatsiyada hamda uretan va etaminal natriy bilan chaqirilgan narkotik uyqu modellarida antidotlik faolligi o‘rganildi. Tadqiqot eksperimental hayvonlar ishtirokida olib borildi va sinov moddasining turli dozalardagi farmakologik ta’siri baholandi. Olingan natijalar uglevodlar yig‘indisining narkotik uyqu davomiyligini qisqartirishi, markaziy nerv tizimi faolligini oshirishi hamda metabolik va antigipoksik xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari ushbu moddaning tabiiy kelib chiqishga ega istiqbolli antidot vosita sifatida ahamiyatini asoslaydi.

Keywords
scutellaria adenostegia L uglevodlar yig‘indisi antidot faollik o‘tkir alkogolli intoksikatsiya narkotik uyqu uretan etaminal natriy