Publication Details
Issue: Vol 21, No (2026)
Visit Journal Website

Abstract

Visseral leyshmanioz — Leishmania jinsiga mansub protozoa parazitlari tomonidan qo‘zg‘atiladigan, asosan Phlebotomus urug‘iga mansub qum pashshalari orqali yuqadigan og‘ir kechuvchi parazitar kasallik bo‘lib, bugungi kunda global sog‘liqni saqlash tizimi uchun dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Kasallik dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlarida uchrab, ayniqsa tropik va subtropik hududlarda keng. tarqalgan.
Leyshmaniozning klinik jihatdan uch asosiy shakli farqlanadi: teri, shilliq qavat va visseral shakllari. Ularning ichida visseral leyshmanioz eng og‘ir kechuvchi shakl bo‘lib, ichki a’zolar — jigar, taloq va suyak iligini zararlaydi hamda o‘z vaqtida davolanmasa yuqori o‘lim ko‘rsatkichlariga olib keladi. Kasallik ko‘proq bolalar va immuniteti pasaygan shaxslarda uchraydi.
Epidemiologik tahlillar visseral leyshmaniozning tarqalishi ko‘plab omillar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Jumladan, iqlim o‘zgarishi, urbanizatsiya jarayonlari, migratsiya oqimlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar kasallik geografiyasining kengayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.