Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini interdisiplinar yondashuv asosida tayyorlash jarayoni oʻrganiladi. Xususan, oʻqish savodxonligi va tabiiy fanlarni birlashtirgan holda oʻquvchilarni ta'limga jalb etishning metodikasi va pedagogik mexanizmlari tahlil qilinadi. Boʻlgʻusi oʻqituvchilarning ta’lim jarayonidagi pedagogik mahoratini takomillashtirish, fanlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni oʻquv faoliyatiga tadbiq etishning nazariy va amaliy ishlari koʻrsatib berildi. Integrativ yondashuv orqali talabalarning fikrlash texnikasini va amaliy bilimlarini tajribalar asosida egallashi samarali tarzda rivojlantirishi aks etgan. Maqolada ushbu yondashuv orqali oʻquvchilarning koʻp qirrali fikrlashi va amaliy bilimlarni egallashi samarali tarzda shakllantirilishi mumkin.