Publication Details
Issue: Vol 49, No (2024)
Pages: 236-241
ISSN: 2545-0573

Abstract

Ushbu maqolada texnologik rivojlanishning O‘zbekiston Respublikasi mehnat bozori dinamikasiga ta’siri o‘rganilgan. Maqolada avtomatlashtirish va sun'iy intellekt texnologiyalarining an'anaviy ish o‘rinlarini yo‘q qilishi yoki qayta belgilashi tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlarga asoslanib, 2015-2023 yillar davomidagi yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi, ish haqi, o‘rtacha oylik ish haqi va ishsizlik darajasi ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Texnologik rivojlanishning ijobiy va salbiy ta’sirlari, yuqori texnologiyali va malakali ish o‘rinlarining ko‘payishi, yangi mahsulot va xizmatlarning yaratilishi, ishsizlik darajasining o‘zgarishi tahlil qilingan. Maqolada, shuningdek, texnologik rivojlanishning mehnat bozoriga ta’sirini boshqarish uchun qator takliflar berilgan, jumladan kasbiy malaka va ko‘nikmalarni oshirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya choralari va yangi ish o‘rinlarini yaratish.

Keywords
Texnologik rivojlanish mehnat bozori avtomatlashtirish sun’iy intellekt ishsizlik