Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada mintaqa iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirish jarayonida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Muallif tomonidan hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi holati tahlil qilingan hamda mavjud muammolarni bartaraf etish uchun taklif etilayotgan samarali mexanizmlar asoslab berilgan. Xususan, mahalliy resurslardan oqilona foydalanish, investitsion muhitni yaxshilash, kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali hududiy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqola natijalari iqtisodiy siyosat yurituvchi tashkilotlar va hududiy boshqaruv organlari uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.