Publication Details
Issue: Vol 68, No (2026)
ISSN: 2545-0573
Visit Journal Website

Abstract

Maqolada raqamli iqtisodiyotning shiddatli rivojlanishi sharoitida shahar infratuzilmasini boshqarishning transformatsiyalashuv jarayonlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — intellektual texnologiyalar (IoT, Big Data, Sun’iy intellekt) yordamida kommunal xizmatlar tannarxini optimallashtirish va resurs tejashning iqtisodiy samaradorligini asoslab berishdan iborat. Maqolada shahar xo‘jaligini boshqarishning an’anaviy va innovatsion modellari qiyosiy tahlil qilingan hamda "Raqamli egizaklar" texnologiyasining ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, resurs yo‘qotishlarini minimallashtirish bo‘yicha matematik model taklif etilgan va xalqaro "Smart City" tajribasini O‘zbekiston iqtisodiy muhitiga adaptatsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Keywords
Raqamli iqtisodiyot shahar infratuzilmasi kommunal xizmatlar tannarxni optimallashtirish resurs tejash IoT aqlli shahar raqamli egizaklar energiya samaradorligi