Abstract
Mazkur maqolada 1989–1990-yillar oxiri va mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston jamiyatida yuz bergan ijtimoiy-ma’naviy o‘zgarishlar fonida Buxoro viloyati adabiy muhitining shakllanish va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sovet davridan qolgan ijodiy an’analar bilan mustaqillik davri talablarining to‘qnashuvi, avlodlar o‘rtasidagi ijodiy munosabatlar, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari hamda adabiy jarayonda yuz bergan mazmun va shakl yangilanishi yoritilgan. Maqolada mustaqillik davrining murakkab ijtimoiy sharoitlariga qaramay, hududiy adabiy muhitda uzviylik va davomiylik saqlanib qolganligi ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi