Abstract
Mazkur tadqiqot ingliz va o‘zbek tillarida “erkinlik” konseptining lingvokognitiv modellari hamda uning metaforik ifodalanishini konseptosfera doirasida qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda “erkinlik” tushunchasining har ikki tildagi semantik tuzilmasi, konseptual yadrosi va periferik komponentlari aniqlanadi. Shuningdek, ushbu konseptning til ongidagi aks etishi, metaforik modellar orqali qanday ifodalanishi va milliy-madaniy xususiyatlar bilan qanday bog‘liqligi tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi lingvokognitiv modellar o‘rtasidagi umumiylik va farqlar aniqlanib, ularning konseptosferadagi o‘rni izohlanadi. Tadqiqot natijalari konseptual metafora nazariyasi va kognitiv tilshunoslik doirasida muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.