Publication Details
Issue: Vol 23, No (2026)
Visit Journal Website

Abstract

Mazkur maqolada dorivor moychechak — Matricaria chamomilla L. o‘simligining kimyoviy tarkibi va farmakologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida o‘simlik gullari tarkibidagi efir moylari, flavonoidlar, kumarinlar va fenolik birikmalar aniqlanib, ularning biologik faolligi baholandi. Olingan natijalar moychechakning yallig‘lanishga qarshi, antiseptik, spazmolitik hamda sedativ ta’sirga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, uning oshqozon-ichak tizimi, nafas yo‘llari va teri kasalliklarini davolashdagi ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari dorivor moychechakdan farmatsevtik preparatlar yaratishda samarali foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.

Keywords
Matricaria chamomilla L kimyoviy tarkibi farmakologik faollik