Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasi o‘zbeklarining oilaviy marosimlari tizimi tarixiy-etnografik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mintaqa aholisining nikoh marosimlari bilan bog‘liq urf-odatlarining shakllanish bosqichlari, ularning lokal xususiyatlari hamda etnik guruhlar o‘rtasidagi farqli jihatlari ochib berilgan. Dala-etnografik kuzatuvlari va tarixiy manbalarga tayangan holda, voha marosimlarida saqlanib qolgan qadimiy e’tiqodlar qoldiqlari va ularning bugungi kundagi transformatsiya jarayonlari o‘rganilgan. Maqolaning ilmiy ahamiyati Qashqadaryo (Koson, Qarshi shahri) etnografiyasining o‘ziga xos qiyofasini tizimli yoritish hamda milliy qadriyatlarning tarixiy ildizlarini aniqlashdan iborat va madaniy merosni saqlashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.