Publication Details
Issue: Vol 51, No (2024)
Pages: 298-303
ISSN: 2544-980X

Abstract

Ko‘p asrlik tarixga, o‘z taraqqiyot va takomil bosqichlariga ega bo‘lgan she’riyatimizning janriy, uslubiy, badiiy xususiyatlari tadqiqi borasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarning yoqlangani, o‘nlab risola, qo‘llanma hamda ko‘plab ilmiy maqolalarning chop etilgani fikrimizning dalilidir. Keyingi paytlarda mazkur jarayonning bir muncha jonlangani quvonarli holdir. Zero, badiiy matnning kompozitsion va mazmuniy qurilishini teran idrok etish, uni filologik talablar darajasida tahlil qilish va tushunishda she’riy san’atlarning zalvorli o‘rni bor.

Keywords
lingvopoetik tahlil badiiy matn she’riy san’atlar turkiy manbalar