Abstract
Mazkur maqola zamonaviy tilshunoslikda eng ko‘p tadqiq etilayotgan tushunchalardan biri - olamning lisoniy manzarasi va uni yaratishga ta’sir qiluvchi lisoniy hamda nolisoniy omillar tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada olamning lisoniy manzarasi haqida xorijiy hamda mahalliy olimlarning fikrlari, ularga muallifning munosabati, turli tillarda olamning lisoniy manzarasining jamiyat guruhlarida, insonlarda turlicha shakllanishi hamda ifodalanishi, uni xilma-xil madaniyatlar vakillari turlicha qabul qilishi, uning butun til nazariyasidagi o‘rni nazariy asoslar hamda amaliy misollar yordamida izohlanadi.
Keywords
makon va zamon
etnik mentalitet
mental faoliyat
konnotatsiyalamoq