Publication Details
Issue: Vol 55, No (2024)
ISSN: 2544-980X
Visit Journal Website

Abstract

Maqolada ipakning tolali chiqindilaridan olingan kukunsimon gidrolizlangan fibroiniga qo‘rg‘oshin(II), rux va kadmiy og‘ir metall ionlarini sorbsiyasi bo‘yicha aniqlangan natijalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, rux va kadmiy ionlari eritmalarining ma’lum konsentratsiyalarigacha sorbsion sig‘im ortib bordi. Ammo yuqoriroq konsentratsiyali eritmalarda sorbsiya jarayoni keskin susayib ketishi kuzatildi. Bu holatlarning sababi gidrolizlangan fibroin zarrachalarining g‘ovakliklari yuzasidagi fibroin molekulalaridagi strukturaviy o‘zgarishlar bilan izohlandi.

Keywords
fibroin