Publication Details
Issue: Vol 5, No 1 (2026)
ISSN: 2835-3013
Visit Journal Website

Abstract

Mazkur maqolada botanika fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish va bilish faoliyatini faollashtirish masalalari yoritilgan. Toshkent viloyati Bekobod shahridagi umumta’lim maktablarida “Pedagogik ta’limning innovatsion klasteri” doirasida amalga oshirilayotgan ta’lim jarayonlari misolida muammoli o‘qitish metodikasining samaradorligi tahlil etilgan. Xususan, «O‘simliklar to‘qimalari, ularning turlari, tuzilishi va tasnifi» mavzusida muammoli vaziyat yaratish, uni bosqichma-bosqich hal etish hamda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari muammoli o‘qitish texnologiyasi botanika darslarida nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishda muhim pedagogik vosita ekanligini tasdiqlaydi.

Keywords
Muammoli o‘qitish bilish faoliyati pedagogik texnologiya botanika darsi o‘simlik to‘qimalari mustaqil fikrlash didaktik maqsad innovatsion klaster ilmiy tafakkur ta’lim samaradorligi