Abstract
Mazkur maqola yoshlar bandligi misolida ijtimoiy sohaga oid milliy manfaatlarga tahdidlarni o‘rganishda indikativ yondashuvning xususiyatlarini ko‘rib chiqadi. Unda milliy manfaatlarni ta’minlashda tizimli yondashuvning ahamiyati, yoshlar bandligi bo‘yicha davlat siyosatining natijalari va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash va baholashda indikatorlardan foydalanish usullari bayon etilgan. Mazkur izlanish ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishida samarali tavsiyalar ishlab chiqish uchun nazariy asoslarni yaratishga qaratilgan.
Keywords
Milliy manfaatlar
indikativ yondashuv
yoshlar bandligi
ijtimoiy siyosat
indikatorlar
tahdidlarni baholash
tizimli tahlil.