Abstract
Yaqin yillargacha jahon psixologiya fanida yagona insonparvarlik an’anasi rivojlanishining ikki yo‘nalishi: dialektik materializm falsafasiga asoslangan psixologiya va insonparvar (gumanitar)lik psixologiyasi o‘zaro farqlanar edi. Biroq, ular o‘rtasida azaldan printsipial farq mavjud bo‘lib, uni anglab yetish va bartaraf qilish uchun faqat keyingi davrdagina qulay mafkuraviy va ilmiy shart-sharoitlar yaratila boshlandi.