Abstract
Maqola noto‘liq oilalarda maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuv jarayoniga tizimli yondashuvni o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalari, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi, tarbiyaviy metodlar va strategiyalarning samaradorligi tahlil qilindi. Ish natijalari shuni ko‘rsatdiki, tizimli pedagogik yondashuv bolalarda ijtimoiy moslashuvni yaxshilash, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish va jamiyat qoidalariga moslashishga yordam beradi. Maqola ota-onalar va pedagoglarga amaliy tavsiyalar berish, shuningdek, ijtimoiy moslashuv jarayonini yaxshilash bo‘yicha strategiyalarni aniqlashga xizmat qiladi.