Abstract
Maqolada insoin organizmi uchun zarur gormonlar ishlab chiqaruvchi bez bo’lgan qalqonsimon bez faoliyati pasayganda va unga gipodinamiya qo’shilganda oyoq son yuza venalarida sodir bo’ladigan morfologik o’zgartishlar o’rganildi. Tadqiqot natijalari bu ikki omil ta’sirida oyoq son venalarining morfometrik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘zgarishini ko‘rsatdi. Natijada gipotireoz va gipodinamiya sharoitida venalarning devorining qalinlashuvi va mushak qatlamining atrofiyaga uchraganligini ko'rsatadi. Venalarning elastikligi pasayganligi, bu esa qon aylanishi jarayonini yomonlashtiradi. Hamda, gipotireoz va gipodinamiya kombinatsiyasi venalarning reaktivligini kamaytirgan va ularning to'qimalarini yallig'lanish jarayonlariga moyil holga keltirishi aniqlangan. Amidst Maqsad: Gipoteriodizm va gipodinamiya natijasida morfologik o‘zgarishga uchragan venoz qon tomirlarni gistologik darajada o‘rganish.