Abstract
Ushbu maqolada sportchilarning emotsional holatini boshqarish va barqarorlashtirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari, xususan kazusli (stressli va noaniq) vaziyatlarda ularni samarali tartibga solish usullari tahlil qilinadi. Sport faoliyatida yuzaga keladigan keskin psixologik bosim, raqobat muhiti va natija uchun javobgarlik sportchilarning emotsional barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda emotsional holatni tartibga solishning asosiy omillari, trener-sportchi munosabatlari va guruhiy psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yoritilgan. Shu bilan birga, sportchilarning emotsional barqarorligini oshirishda psixologik treninglarning ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi.