Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada O'zbekistonning Surxondaryo viloyatida Anopheles Meigen (1818) avlodiga chivinlarning zoogeografik hududlarda tarqalishi bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlillarining natijalari keltirilgan. O'tkazilgan tahlillarga ko'ra Surxondaryo viloyatida Anopheles avlodiga mansub chivinlarning uchratish holatiga qarab uchta tabiiy arealga tegishliligi bo’lib, tarixiy kelib chiqishiga ko'ra migratsiyon yo’l bilan paydo bo'lganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot hududni, Surxondaryo viloyati tabiiy landshaftlarga moslashib shartli 8 ta zoogeografik guruhlarga va 3 ta ekologik guruhga ajratilgan. Olingan tahliliy natijalar bo’yicha viloyatdagi Anopheles avlodiga mansub chivin turlari 4 tani tashkil qilganligi va ularga Anopheles hyrcanus, An. claviger, An. pulcherrimus, An. superpictus ekanligi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.