Publication Details
Abstract
Sut mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashning inson ovqatla–nishi toʻlaqonli boʻlishidagi ahamiyati beqiyosdir. Oziq–ovqat sifati va xavfsizligini nazorat qilishda hozirgi davrda eng muhim yoʻnalish HACCP tizimini joriy etishdan iborat. Kritik nazorat nuqtalari boʻyicha xavflar tahlili nafaqat sut mahsulotlari ish– lab chiqarish korxonalarida, balki oziqaviy qoʻshimchalar va konservantlar ishlab chiqaruvchi sohalarda ham yoʻlga qoʻyilishi zarurligi muhim omildan iborat. Bunda oziq–ovqat xavfsizligini boshqarish tizimini sertifikatlash katta ahamiyatga ega boʻlib, u ISO 22000 xalqaro standartlaridan foydalanishga asoslanishi lozim. Sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida xavfsizlikni boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyishning 6 bosqichi keltirilib, bunda kritik nuqtalar boʻyicha nazorat: kirish, texnologik va tayyor mahsulot chiqishining nazoratidan tashkil topishi kerakligi asoslangan.