Publication Details
Abstract
Bugungi kunda klimaks davri ayollarning hayotidagi muhim biokimyoviy va fiziologik o’zgarishlarni ifodalaydi. Ushbu maqolada klimaks davrida ayollarda yuz beradigan morfologik o’zgarishlar tahlil qilinadi. Klimaksda gormonal va endokrin tizimdagi o’zgarishlar, ularning jismoniy va psixologik holatiga ta’siri, shuningdek, bu o’zgarishlarni kuzatishning ahamiyati muhokama qilinadi. Maqola, ayollar organizmida yuz berayotgan o’zgarishlarning shakllanishi, ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog’liqligi va sog’liqni yaxshilashga qaratilgan tavsiyalarni o’z ichiga oladi. Klimaks davrida ayollarning morfologik holatini chuqur tushunish, bu jarayonlarni samarali boshqarish va kutilmagan oqibatlarni kamaytirishga yordam beradi. Maqola ilmiy va amaliy nuqtai nazardan bu o’zgarishlarni tahlil qiladi.