Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo ta’limining bugungi kundagi holati chuqur tahlil qilinadi. Unda maktablardagi moddiy-texnik bazaning yetishmasligi, eskirgan o‘qitish metodlari, o‘qituvchilar malakasi va motivatsiyasiga oid muammolar, shuningdek, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishining pasayishi kabi dolzarb masalalar atroflicha yoritilgan. Maqolada ushbu muammolarni hal etishning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, raqamli resurslardan foydalanish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o‘qituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish va fanlararo integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar berilgan.