Publication Details
Issue: Vol 16, No (2025)
Visit Journal Website

Abstract

So‘lak bezlari o‘smalari, nisbatan kam uchraydigan, lekin klinik va morfologik xilma-xilligi, og‘ir klinik kechishi va davolashdagi qiyinchiliklari bilan ajralib turadigan kasalliklardir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tasnifiga ko‘ra, so‘lak bezlari o‘smalari bosh va bo‘yin sohasi yaxshi sifatli neoplaziyalarining 3-5 foizini tashkil etadi. Ushbu o‘smalar asosan katta so‘lak bezlarida (parotid bezda) uchrasa-da, kichik so‘lak bezlarida ham mavjud. So‘nggi yillarda immunohistokimyoviy va molekulyar-genetik tahlillar diagnostikani sezilarli darajada yaxshilagan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda bu soha bo‘yicha ilmiy izlanishlar yetarli emas. Tadqiqotimizning maqsadi O‘zbekistonda so‘lak bezlari o‘smalarining patomorfologik xususiyatlari, immunogistokimyoviy belgilari va ekologik xavf omillari bilan bog‘liq tahlillarni o‘tkazishdan iborat. Tadqiqotimiz natijalari so‘lak bezlari o‘smalarining turli xil morfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini aniqlashni, shuningdek, ekologik omillarni inobatga olgan holda diagnostic va davolash yondashuvlarini takomillashtirishni maqsad qildim. Ushbu tadqiqotimiz O‘zbekistonda so‘lak bezlari o‘smalarini aniq tashxislashga yordam berishi kutilmoqda.

Keywords
So‘lak bezlari o‘smalari morfologik tahlil immunogistokimyoviy markerlar diagnostika ekologik xavf omillari O‘zbekiston