Publication Details
Issue: Vol 20, No (2026)
Visit Journal Website

Abstract

Mazkur tezisda eksperimental yallig‘lanish modeli sharoitida gematologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning diagnostik va prognostik ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Yallig‘lanish jarayonlari organizmda kechadigan murakkab patofiziologik mexanizmlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning rivojlanishi qon tizimi va metabolik almashinuv ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Tadqiqot jarayonida yallig‘lanish fonida eritrotsitlar, leykotsitlar, gemoglobin miqdori, shuningdek, leykotsitar formula dinamikasi baholanadi hamda ushbu o‘zgarishlarning yallig‘lanish faolligi bilan bog‘liqligi asoslab beriladi. Shu bilan birga, biokimyoviy parametrlar, xususan, oqsil almashinuvi, fermentativ faollik va metabolik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi yallig‘lanish jarayonining chuqurligi va davomiyligini aks ettiruvchi muhim markerlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Olingan natijalar eksperimental yallig‘lanishda gematologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar organizmning adaptiv va kompensator reaksiyalarini baholashda, shuningdek, patologik jarayonlarning erta diagnostikasida muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Keywords
eksperimental yallig‘lanish gematologik ko‘rsatkichlar biokimyoviy ko‘rsatkichlar