Publication Details
Abstract
Mazkur tadqiqot Scutellaria adenostegia L. Briq o‘simligidan ajratib olingan flavonglikozidlar yig‘indisi, suvda eruvchi uglevodlar fraksiyasi hamda ularning 1:1 nisbatdagi kombinatsiyasining giperkapniya orqali chaqirilgan normobarik gipoksiya modelida sichqonlar yashovchanlik davriga ta’sirini eksperimental baholashga bag‘ishlangan. Tajribalar germetik yopiq idishda kislorod tanqisligi hosil qilish orqali amalga oshirildi. Natijalar flavonglikozidlar fraksiyasining 1.0 mg/kg dozada maksimal (73.1%) antigipoksik faollik ko‘rsatganini, bu ko‘rsatkich referens preparat Mildronat neo (71.4%) ta’siridan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar o‘simlik fraksiyalarining antigipoksik xususiyatlarini tasdiqlaydi