Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada kichik biznesning mintaqaviy iqtisodiyot samaradorligini oshirishdagi o‘rni Toshkent viloyati misolida tahlil qilinadi. Kichik biznes subyektlari iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili sifatida tadqiq qilinib, ularning hududiy iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissasi, iqtisodiy ko‘rsatkichlardagi dinamik o‘zgarishlar va muhim strategik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan davlat siyosati, uning natijalari va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Maqolada Toshkent viloyatidagi kichik biznesning asosiy ko‘rsatkichlari va uning mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati aniq misollar asosida ko‘rsatilgan.