Abstract
O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatida yashil go‘ngning bo‘z tuproqlar unumdorligiga hamda g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri o’rganilgan. Yashil goʻng ekinlari sifatida noʻxat va javdar navlari ishlatilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tuproqning fizik-kimyoviy va biologik xossalari yaxshilanib, natijada g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Keywords
Yashil go'ng
bo'z tuproq
tuproqning agrofizik
agrokimyoviy
biologik xususiyatlari
g'o'za
ozuqa moddalari