Publication Details
Issue: Vol 54, No (2024)
ISSN: 2545-0573
Visit Journal Website

Abstract

Ushbu maqola investitsiya qarorlarini qabul qilish jarayonida sun'iy intellektdan foydalanish bilan bog'liq imkoniyatlar va muammolarni o'rganadi. Sun'iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi katta ma'lumotlarni tahlil qilish va bozor tendentsiyalarini prognoz qilish uchun noyob vositalarni taqdim etadi, bu esa investitsiya strategiyalarining samaradorligi va aniqligini oshiradi. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, bugungi kunda moliyaviy sektorda sun'iy intellekt asosan investitsiya, kredit skoring, bozorni o'rganish va mijozlarni qo'llab-quvvatlash kabi sohalarda qo'llanilmoqda. Shuningdek, maqolada moliyaviy sektorda sun'iy intellektning muvaffaqiyatli integratsiyasi uchun hisobga olinishi kerak bo'lgan ma'lumotlar ishonchliligi, axloqiy muammolar va kiberxavfsizlik kabi asosiy muammolarni muhokama qiladi.

Keywords
Raqamli iqtisodiyot aktiv investitsiya