Abstract
Ushbu maqola o‘zbek tilidagi antroponimlar bilan ifodalangan frazeologik birliklarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada frazeologik birliklarning semantik va pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi, ularning tarixiy va madaniy ildizlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada o‘zbek frazeologiyasidagi antroponimli birliklar misollar bilan taqdim etilgan va ularning nutqiy, adabiy va tarjima kontekstidagi roli muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, antroponimli frazeologik birliklar o‘zbek tilining boyligini oshiradi va milliy madaniyatni ifodalashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
Keywords
frazeologik birlik
antroponim
o‘zbek tili
metafora
madaniy meros