Abstract
Mazkur maqolada tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalari va ularning bank faoliyatidagi o‘rni tahlil qilingan. Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari banklar uchun likvidlikni boshqarish, daromad olish va risklarni diversifikatsiya qilish kabi strategik ahamiyatga ega. Maqolada tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan investitsion va xizmat ko‘rsatish operatsiyalari, shuningdek, ularning iqtisodiyotga ta’siri keng yoritilgan. Tadqiqot natijalari qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bank ishtirokining moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdagi muhim rolini ochib beradi. Ushbu maqolada tijorat banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalari va ularning bank faoliyatidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.