Publication Details
Issue: Vol 72, No (2026)
ISSN: 2544-980X
Visit Journal Website

Abstract

Maqolada marketologlarning psixologik ko‘nikmalarini oshirish, bozor muhitining turli vaziyatlariga bog‘liq holda kuzatiladigan riskli vaziyatlarda foydaga olmaslik, kutilgan natijaga erishmaslik; zarar ko‘rishi va kelajakda o‘z faoliyatining yakun topishi muqarrarligi haqidagi bashorati kabi salbiy oqibatlaridan xavotirlanishi bilan namoyon bo‘ladigan psixologik stresslarga bardoshlilikni shakllantirish, psixologik savodxonlik  va tovar bozorining strategik vazifalarini amalga oshirishda marketing muvaffaqiyatlarining hal qiluvchi omili ekanligi ochib berilgan. Marketolog mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv fanlar blokiga “iste’molchi xulq atvori” modulini kiritish taklif qilingan, uni joriy etish bo‘yicha nazariy  mavzular keltirilgan.  Ushbu fan orqali iqtisodchi marketologlarning bozorga oid nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni amaliy tajriba orttirish bilan uzviy bog‘lashga, savdo va harid psixologiyasiga doir ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari asoslantirilgan.

Keywords
psixologik ko‘nikmalar marketolog stressbardoshlilik kasbiy ko‘nikma VUCA–risk modeli emotsional intellekt kognitiv yuklama ishonch tanqisligi aqliy ortiqcha yuklama qo‘rquvlar to‘qnashuvi raqamli transformatsiya raqamli psixologik kompetensiyalar iste’molchi xulq-atvori