Publication Details
Abstract
Ushbu tadqiqot oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishda to‘lov-shartnoma tizimining ahamiyatini o‘rganadi. Tadqiqotda ushbu tizimning ta'lim sifatiga, universitetlarning iqtisodiy mustaqilligiga va ijtimoiy tenglikka ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishda to‘lov-shartnoma tizimi yordamida davlat byudjeti resurslariga qo‘shimcha moliyaviy manbalar jalb qilish, talabalarga ta'lim sifatini yaxshilash va ilmiy tadqiqotlar uchun zarur sharoitlarni yaratish imkoniyatlari o'rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, to‘lov-shartnoma tizimi oliy ta'lim muassasalarining barqarorligini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi, ammo ijtimoiy tenglik va adolatni saqlash masalalari ham e’tiborga olinishi lozim.